ISHSIZ ХOTIN-QIZLAR UCHUN QULAY SHAROIT

Sarbozor mahallasidagi  sobiq konserva zavodi hududida 500 nafar fuqaroni ish bilan taʼminlash imkoniyatiga ega bo‘lgan tikuvchilik  fabrikasi ishga tushirilishi mo’ljallanmoqda.

Bugun tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida “DAKA-INTEX” MCHJ korxonasi rahbar va xodimlari ishsiz xotin-qizlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda korxona faoliyati to‘g‘risida to‘liq tushunchalar berildi.

Demak, ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar dastlab Samarqand shahridagi tikuvchilik fabrikasida ish haqi to‘langan holda 2 oy davomida ish o‘rganishadi. 

Bu muddatda ish o‘rganayotgan fuqarolar barcha sharoitlarga ega WI-FI tarmog‘i tashkil etilgan yotoqxona, 3 mahal bepul ovqat bilan taʼminlanadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM