TUMAN HOKIMLARI PASTDARG‘OMDA

Pastdarg‘om tumanida viloyatdagi barcha tuman hokimlari ishtirokida  sektorlar faoliyatini yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi bo‘yicha  seminar o‘tkazilmoqda.

Hokimlar – birinchi sektor rahbarlari va kotiblarining o‘zaro tajriba almashishlari uchun tashkil etilgan ushbu seminar “Zarafshon” dala shiyponidan boshlandi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar avtobusda yurib, Pastdarg‘om tumanida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.

Seminar ishtirokchilari  Oshiq ota qadamjosini ham ziyorat qilishdi. Qurʼon tilovat qilinib, yurtga tinchlik, elga omonlik tilab, duoga qo‘l ochildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM