Seminar

BO‘Sh YERDA “YASHIL MAYDON” TASHKIL ETILDI

Bugundan zarbdor 40 kunlik “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari boshlandi.

7-umumtaʼlim maktabida bo‘sh turgan 60 sotix yer yashil maydonga aylantirilmoqda. U yerga 150 tup turli daraxt ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan.

Nuroniy otaxonlar yaxshi niyat bilan dastlabki ko‘chatlarni o‘tqazishdi.

Shu yerning o‘zida yaqin atrofdagi maktablar masʼullari ishtirokida ko‘rgazmali seminar ham tashkil etildi. Seminar qatnashchilari ilm maskanida tayyorlangan 500 tup terak qalamchalari, 200 tup atirgul ko‘chati hamda issiqxonada yetishtirilayotgan qora rayhon urug‘ini ko‘zdan kechirdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM