MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILMOQDA

Tuman hokimi tegishli masʼullar bilan birga Yangiariq mahallasida yoshlar hamda fuqarolar uchun qabul o‘tkazdi.

Qabulda suyultirilgan gaz, ichki yo‘llarni taʼmirlash, kadastr, tadbirkorlik uchun yer, elektr ustunlarini yangilash masalalarida murojaatlar tushdi.

Suyultirilgan gaz balloni olish maqsadida tashkilotga aʼzo bo‘lishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan 4 nafar fuqaroga shu yerning o‘zida gaz ballonlar topshirildi.

Shu kabi, ichki yo‘llarni taʼmirlash masalasida tushgan  murojaatni tuman hokimi joyiga chiqib o‘rgandi. Bu ko‘chani qisqa muddatda tosh to‘kib, taʼmirlash bo‘yicha chora-tadbir ishlab chiqildi.

Fuqarolar tomonidan ilgari surilgan boshqa muammolarga yechim topish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM