KIMDIR OBOD QILAR, KIM ESA BARBOD

Tumanimizni obodonlashtirish, yo‘llarni ravon qilish va tungi yoritgichlar o‘rnatish, qo‘yingki, tozalikni taʼminlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Birgina tumanimizning Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi va qo‘shni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanlaridan kirishda har birida o‘ziga xos zamonaviy tungi yoritgichli stellalar o‘rnatilgan. Buning uchun ozmuncha kuch, ozmuncha mablag‘ sarflanayotgani yo‘q.

Qo‘shni viloyat bilan hududimizni bog‘lab turgan yerda o‘rnatilgan “Xush kelibsiz, Narpay tumaniga” deb yozilgan stellaga ikkinchi bor zarar yetkazgan shaxslar qo‘lga tushdi. Ularning voyaga yetmaganliklari inobatga olinib, bu qilmishlari otalari ishtirokida keskin muhokama etildi. Yetkazilgan zarar huquqbuzarlarning ota-onalaridan undiriladigan bo‘ldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM