BOZOR BOBO VILOYATDA FAXRLI O‘RINNI EGALLADI

Maʼlumki, shu yilning iyul oyida "Bir nuroniy o‘n nafar yoshga masʼul" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bayramona ruhda o‘tkazilgan edi.

Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston mahallasida yashovchi faol nuroniy otaxon Bozor Hasanov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma olgandi.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida B.Hasanov faxrli ikkinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.

Narpaylik nuroniy 2-darajali Diplom va “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblashning 8 baravari miqdorida, yaʼni 2 million. 400 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM