DALALARDA APROBATSIYA TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

Dalalarimizda paxtadan yana-da yuqori hosil olish imkoniyati bor. Buning uchun g‘o‘za parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishi lozim.

Shu bois Respublika paxtachilik Kengashining yetuk mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tumanimizda g‘o‘za parvarishi borasida bajarilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, fermerlarga zarur tavsiya va takliflarini berib kelishmoqda.

Ishchi guruh tomonidan “Mehnat-rohat” fermer xo‘jaligi dalasida paxtaning urug‘lik sifatida foydalanishga yaroqliligini aniqlash maqsadida aprobatsiya tadbirlari o‘tkazildi. Seminar-trening tarzida o‘tkazilgan tadbirda navdorlik sifatini belgilash, urug‘chilik qoidalari, buning uchun qanday agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishi shartligi haqida fermer va qishloq xo‘jaligi xodimlariga tushunchalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM