XALQ MUAMMOSINI O‘RGANISH BIRINCHI GALDAGI VAZIFA

Aholi muammolarini o‘rganish, ularning yechimini topish bugungi kun rahbarining birlamchi vazifasidir. Shu bois bu gal ham haftaning birinchi ish kuni fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish bilan boshlandi.

Birinchi sektor shtabida tuman hokimi sektor rahbarlari va masʼullar hamrohligida aholining murojaatlarini o‘rgandi.

Fuqarolar tomonidan tadbirkorlik uchun kredit, bandlik, kadastr, moddiy yordam, salomatligini tiklashda amaliy ko‘mak, ichki yo‘llar taʼmiri masalalarida murojaatlar tushdi.

Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM