ISTIQBOLLI KADRLAR FIKRI TINGLANDI

Birinchi sektor shtabida oliy taʼlim muassasalaridan viloyat hokimligi istiqbolli kadrlar zahirasiga saralab olingan  bitiruvchi yoshlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. 

Tuman hokimi bitiruvchilarning yosh kadr sifatida qay tarzda ish olib borishi, bugun ishlayotgan kadrlar faoliyatiga doir fikr-mulohazalari, takliflari, kelgusi maqsad va rejalari haqida so‘zlashdi. 

Eslatib o‘tamiz: 2020-2022-yillarda viloyatdagi 8 ta oliy taʼlim muassasalaridan 42 nafar Narpaylik yoshlar saralab olingan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM