Hokim tabrigi

OMAD YOR BO‘LSIN USTA PUDRATCHILAR!

Yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari natijasida nafaqat yirik shaharlar, balki olis tumanlar markazlari, mahalla va qishloqlar chiroy ochmoqda. 

Keyingi yillarda tumanimiz qiyofasi o‘zgardi. Joylarda xizmat ko‘rsatish obyektlari, ilm maskanlari, namunaviy turar-joylar, ko‘p qavatli imoratlarning qad rostlagani fikrimiz dalilidir. Bu kabi bunyodkorlik ishlarida qurilish sohasi xodimlarining hissalari katta.

Mamlakatimizda avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni etib belgilangan. Shunday ekan, tumanimizda faoliyat yuritayotgan barcha qurilish tashkilotlari vakillari, quruvchilarni ertangi kasb bayramlari bilan muborakbod etaman.

Tumanimizni obod qilishdagi bunyodkorlik ishlarida omad yor bo‘lsin!

Sherzod RAHMONOV,

Narpay tumani hokimi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM