QARZ OLGAN KISHI QAYTARISHNI HAM BILISHI KERAK

Tijorat banklaridan olingan qarzlarni belgilangan muddatda qaytarmaslik boshqa bir fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga to‘sqinlik qilish bilan barobardir.

Narpay tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kredit hisobidan qarzdorligi mavjud bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar, tashkilot, muassasalarda ishlovchi xodimlar  ishtirok  etdilar.

Yig‘ilishda oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va isteʼmol kredit yo‘nalishlarida tijorat banklaridan kredit olib, vaqtida to‘lashni paysalga solayotgan shaxslar tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan qatʼiy ogohlantirildi. 

Qarzlarni qaytarish lozimligi, aks holda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi mumkinligi yuzasidan tushunchalar berildi. Muddati o‘tgan kreditlarni to‘lash uchun qarzdorlarga aniq muddat belgilanib, kelgusi haftaning birinchi ish kunida yana shu masalada muhokama o‘tkazish yuzasidan kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM