NUQSONLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA TOPSHIRIQLAR BERILDI

Yaqinda viloyat hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh aʼzolari tumandagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini o‘rgangan edi.

Viloyat hamda tuman hokimliklari masʼullari va MTTlar direktorlari ishtirokida o‘tkazilgan bugungi yig‘ilishda ushbu o‘rganishlar natijalari muhokama etildi. 

Muhokama davomida MTTlar faoliyatida aniqlangan  kamchiliklar o‘qib eshittirildi. So‘ng bunga yo‘l qo‘ygan masʼullar qatʼiy ogohlantirildi. Shu kabi qisqa muddatda nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan ularga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM