HOKIM O‘RINBOSARI FUQAROLAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI

Viloyat hokimi tomonidan joriy yil 5 avgustda tasdiqlangan jadvalga asosan, Narpay tumani hokimining o‘rinbosarlari va ularning majmualari tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari mahallalarda aholi bilan uchrashuv o‘tkazish rejasi ishlab chiqilgan.

Bugun tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Boliyev tegishli masʼullar hamrohligida Dedan, Qozikent hamda Sarbozor mahallalari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda fuqarolar tomonidan ichki yo‘llar taʼmiri, ichimlik suvi, moddiy yordam, kredit olish va boshqa masalalarda murojaatlar tushdi. Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, masalalarga ijobiy yechimi topish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM