ILK BOR O‘QUVCHILARGA MAKTAB FORMALARI TARQATILDI

Bugun ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikdan chiqarishga jiddiy eʼtibor qaratilgan.

Ayni paytda esa tumandagi umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari uchun yagona maktab formasi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Shu bois “Temir daftar”ga kiritilgan 394 ta oilaning 702 nafar maktab yoshidagi bolalariga 224 million so‘m hisobiga maktab formalari olib berish rejalashtirilgan.

Birinchi sektor shtabida bo‘lib o‘tgan tadbirda 149 ta oilaning 304 nafar 1-4 sinflarda o‘qiydigan farzandlariga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zamonaviy maktab formalari tarqatildi.

Shu oyning 15 avgustiga qadar 5-11 sinflarda tahsil oladigan 398 nafar o‘quvchiga ushbu turdagi kiyim-kechaklar galma-gal manzilli tarzda yetkazib beriladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM