HISOBOTLAR TINGLANDI

Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining 6 oylik faoliyati natijalari tahlil qilindi.

Bunda bolalar, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash, vasiy-homiy tayinlangan o‘g‘il-qizlar yashash va o‘qish sharoitlari monitoringi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusda bajariladigan vazifalar haqida so‘z bordi.

Yig‘ilishda Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi raisi – tuman hokimi Sherzod Rahmonov hamda tegishli tashkilotlar masʼullari ishtirok etdilar.

Maʼlumot uchun: joriy yilda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmaganlardan 48 nafariga vasiy, 8 nafariga homiy tayinlangan. Komissiyasi qarori bilan 86 nafar voyaga yetmaganlar chet elda o‘qishlarini davom ettirmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM