KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BARCHANING VAZIFASI

Korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kundagi dunyo hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Jamiyat rivojiga to‘siq bo‘ladigan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yurtimizda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Neʼmatovning  byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi xodimlari  ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishida asosiy mavzu shunga qaratildi.

Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, uni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, bunga oid harakatlarni aniqlash, oldini olish haqida so‘z yuritildi.  Shu kabi xodimlar korrupsiyaviy harakatlar, sodir etiladigan holatlar uchun javobgarlik muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM