O‘RGANISHLAR NATIJALARI MUHOKAMASI

Tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh joylarda faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini  o‘rgandi.

2-son kasb-hunar maktabida tuman maktabgacha taʼlim bo‘limi masʼullari va barcha MTTlar rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ushbu o‘rganishlar natijalari muhokama etildi.

Viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshlig‘i Zayniddin Jo‘rayev, tuman hokimi Sherzod Rahmonov qatnashgan muhokama avvalida hududlardagi MTTlar faoliyatiga oid o‘rganishlar aks etgan videorolik namoyish qilindi.

So‘ng maʼlumotnomada qayd etilgan nuqsonlar, xato-kamchiliklar o‘qib eshittirildi.

Muhokamada boshqarma boshlig‘i xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan MTT rahbarlariga chora ko‘rish va nuqsonlarni  bartaraf etish yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng tuman maktabgacha taʼlim bo‘limiga yangi rahbar etib tayinlangan Jasur Boboqulov jamoaga tanishtirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM