Qaror ijrosi amalda

YER – DAROMAD MANBAI

Mamlakatimiz rahbarining 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 565,2 gektar yer maydonlari E-auksion.uz platformasi orqali sotuvga chiqarildi. 2820 ta lotlardan 2734 tasi, yaʼni 534,0 gektar maydon fuqarolar tomonidan yutib olindi.

Hozirda barchasi yuridik maqomga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklari tashkil etib, faoliyatlarini boshlab yubordilar.

Ushbu yer maydonlariga qizil lavlagi, sabzi, no‘xat, bulg‘or qalampiri, kartoshka, karam, soya, kungaboqar, pomidor, tarvuz, tariq, kunjut va boshqa turdagi ekinlar ekilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM