METODIK QO‘LLANMALAR TARQATILDI

Maʼlumki, ishsiz aholi bandligini taʼminlash uchun auksion savdolari orqali 10 yil muddatga 20 sotixdan yer ajratilib, dehqon xo‘jaliklari tashkil etish borasida ish olib borilmoqda.

Shu o‘rinda yerdan foydalanish tartibi, bir kontur – bir mahsulot tamoyili bo‘yicha ish yuritish haqida fuqarolarga maʼlumotlar berilyapti ham.

Jinoyat ishlar bo‘yicha tuman sudi raisi B. Ahmedov 3-sektor hududidagi Guliston, Totkent mahallalarida yashovchi yer oluvchi, ochiq elektron tanlov g‘oliblari bilan suhbat o‘tkazdi. Ularga metodik qo‘llanmalar tarqatildi va qo‘llanmaning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM