Narpayda mast erkak avtomashinani olib qochib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Voqea 21 mart kuni soat 20:30 da Narpay tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi 27 yoshli I.F. tomonidan sodir etilgan.

I.F. spirtli ichimlik ichib, tumanning Voriston qishlog‘i hududidan o‘tuvchi ichki avtomobil yo‘li chetida turgan “NEXIA-2” avtomashinaning eshiklari ochiqligi va kaliti o‘zida ekanligidan foydalanib, ushbu avtomashinani nomaʼlum tomonga olib qochgan.

So‘ngra mazkur avtomashinada I.F. “Samarqand-Buxoro” yo‘nalishidagi M-37 avtomobil yo‘lining 109-km.da, qarama qarshi yo‘nalishda boshqarib borib “Damas” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan va hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida qonunbuzar Narpay tuman IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (https://zarnews.uz/o4g).

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM