KEKSA AVLOD VAKILLARI EʼZOZGA LOYIQ

Navro‘z bayrami oldidan keksalar, bemorlar holidan xabar olish azaliy odatlardan biri. Bu esa insoniylik, o‘zaro mehr-oqibat, muruvvatlilik namunasidir.

Tuman hokimi sektor rahbarlari, faol nuroniylar hamrohligida ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi.

Tumanda ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining atigi uch nafari hayot. Ehtiromga loyiq Ko‘kotalik Ziyod bobo Bo‘ronov, Oqtosh shahrida yashovchi Ibrohim bobo Abdunazarov, Mustaqillik mahallasi fuqarosi Yusuf bobo Ro‘ziyevlarga bayram sovg‘alari topshirildi.

Shu kabi tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan keksa avlod vakillaridan ham hol-ahvol so‘raldi.

Piri badavlat nuroniylar yurtga tinchlik, elga omonlik tilab, duoga qo‘l ochdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM