GULXAN ATROFIDA YОSHLIK OQSHOMLARI

Tepa mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni musiqa, sanʼat, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirish maqsadida tuman hokimligining tashabbusi bilan “Yoshlik oqshomlari” deb nomlangan madaniy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda dastlab, yoshlar o‘rtasida shaxmat, stol tennisi bo‘yicha musobaqa uyushtirildi. So‘ng tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari, shu mahalla yoshlari ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Gulxan atrofidagi konsert dasturi sheʼriyat kechasiga aylanib ketdi. Yigit-qizlar o‘z ijod namunalaridan yod aytdilar.

Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tomonidan viktorina savollari tashkil etilib, to‘g‘ri javob egalariga sovg‘alar ulashildi.

Shu kabi sport musobaqalari g‘oliblari ham munosib rag‘batlantirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM