BUYUK NAVOIYGA EHTIROM

9 fevral – Buyuk mutafakkir, sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir o‘tkazildi.

Oqtosh shahri markaziga o‘rnatilgan ulug‘ shoirning byusti atrofida tashkillashtirilgan tadbirda tuman hokimligi, barcha tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.

Tuman rahbarlaridan tortib, korxona, tashkilot hamda muassasalar xodimlarigacha saf tortishib, buyuk siymo poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.  

So‘ng tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan hazrat Navoiy g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shu kabi Kattaqo‘rg‘on shahrining Majidiy nomidagi drama teatri aktyorlari, tumandagi umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari yaratgan Navoiy va Guli obrazlari namoyishi barchaga manzur bo‘ldi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM