IJTIMOIY HAYOTGA MOSLASHTIRISH MAQSADIDA

Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlarini o‘tayotgan yoshlar, xotin-qizlar, shu kabi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar ishtirokida umumprofilaktik tadbir o‘tkazildi. 

Tuman hokimi, prokuror, IIB masʼullari rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda Probatsiya nazoratidagi shaxslarni kasbga yo‘naltirish, bandligini taʼminlash va ijtimoiy hayotga moslashtirish yuzasidan so‘z yuritildi. 

Tadbirda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” ham tashkil etildi. Shuningdek, yoshlarga 70 dona badiiy kitoblar tarqatildi. Bundan tashqari, 8 nafar xotin-qiz, 4 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan fuqarolarga ro‘zg‘or  buyumlari tuhfa qilindi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda 11 nafar nazoratdagi shaxsning ijtimoiy, huquqiy masalalardagi murojaatlarini hal etish borasida masʼullarga topshiriqlar berildi, albatta.

 8 nafar yoshlar va xotin-qizlarni kasbga o‘qitish uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lsa, 7 nafarining bandligi taʼminlandi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, 4 nafar nazoratdagi shaxslar salomatliklarini tiklab olishlari uchun shifoxonalarga yo‘naltirildi.

Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi esa mamlakatimizda inson qadri doimo ulug‘lanishidan dalolatdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM