O‘SIMLIKLAR HAVO SOFLIGINI TAʼMINLAYDI

O‘simliklar biz nafas olayotgan havo sofligini taʼminlaydi. Shunday ekan, qanchalik ko‘p ko‘chat qadab, daraxt yetishtirsak shunchalik musaffo havodan nafas olamiz. “Yashil makon” umummilliy harakati loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlardan kutilayotgan asosiy maqsad ham shu.

Har bir ko‘cha, xiyobon va bog‘-rog‘larda tabiat manzarasi aks etib tursa qanday yaxshi. Axir chor-atrofi yashillikka burkangan zaminda yashashning o‘zi baxt.

Tumanimizning har bir burchagida ko‘chat qadash ishlariga bosh qo‘shayotgan hamyurtlarimiz dillarida shu kabi tuyg‘uni his etayotgan bo‘lsa ajabmas. 

Ha, mahallalar, guzarlar, ko‘chalar, aholi xonadonlarida bugun yoppasiga daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Bu xayrli ishda ishtirok etayotganlarning soni ortib borayotgani esa nihoyatda quvonarlidir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM