HOKIM YORDAMCHILARIGA JIHOZLAR VA GUVOHNOMALAR BERILDI

Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari vakolatlari doirasida faoliyatlarini davom ettirishmoqda. Xonadonma xonadon yurib, aholini hatlovdan o‘tkazish, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini taʼminlash va boshqa masalalarda fuqarolarning chinakam ko‘makchisiga aylanishdi.

Tuman hokimi birinchi sektor shtabida mavjud 57 ta mahallalada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan uchrashdi. Ularning  har biriga xizmat guvohnomasi va noutbuk topshirildi.  Shu kabi xizmat xonalari uchun ish stoli va boshqa zarur jihozlar tarqatildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM