TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining 46-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga daxldor korxona, tashkilot masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor faoliyatini yana-da, takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan sektor rahbarlarining 2021-yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Shu kabi adliya bo‘limi tomonidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda qo‘llash holati bo‘yicha 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Jasur Qilichevning axboroti, 2021-yil davomidagi faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi tuman Majburiy ijro byurosi boshlig‘i Faxridddin To‘layevning hisoboti eshitildi.

Bundan tashqari, tumanda isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish hamda 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan elektr taʼminoti korxonasi boshlig‘i Valijon Qilichev, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish borasida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman inspeksiyasi boshlig‘i Sanʼat Saidovlar hisobot berdilar.

Sessiyada tashkiliy masalalar ham ko‘rildi.

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM