IMKONIYATLAR MAVJUD

Tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov topshirig‘iga asosan, vazirlikning maxsus ishchi guruhi hamda tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi tomonidan “Loyiha guruhi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan seminar- trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda mutasaddi tashkilot rahbarlari va mutaxassislar tomonidan tumanning investitsion imkoniyatlari va o‘sish nuqta (drayver)lari, shu kabi kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli loyihalar ustida so‘z bordi. O‘z o‘rnida ishtirokchilarning taklif mulohazalari ham tinglandi.

Bu kabi treninglar respublikaning barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM