MADANIYAT BO‘LIMI VA MUSIQA MAKTABI RAHBARLARI OLIY TALIM MUASSASALARIDA

Tuman madaniyat bo‘limi hamda 13, 27-son bolalar musiqa va sanʼat maktablari rahbarlari Toshkent shahridagi Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti, shu kabi O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bo‘ldilar. U yerda oliy o‘quv yurti rahbarlari bilan tumanda madaniyat va sanʼat sohasini yana-da rivojlantirish, buning uchun madaniyat markazi va musiqa maktablarini oliy maʼlumotli kadrlar bilan taʼminlash yuzasidan muhokama olib borishdi.

Tumandagi taʼlim maskanlari va madaniyat markazlarida master klass o‘tkazish maqsadida oliy toifali professor-o‘qituvchilar taklif etildi. Shu yilning may oyiga bu kabi uchrashuvlarni o‘tqazish borasida kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM