YОSHLAR YETAKCHILARI TANISHTIRILDI

Tuman hokimi 2-son kasb-hunar maktabi faollar zalida mahallalarga tanlov asosida tayinlangan yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda sektorlar va masʼul tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etdilar.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi jonli ovozda yangradi. So‘ngra tuman hokimi mavjud 57 ta mahallada faoliyat yurita boshlagan yoshlar yetakchilarining vazifalari, ularga yaratilgan imkoniyatlar va mehnat sharoitlari haqida so‘z yuritdi.

Yoshlar yetakchilari ishtirokchilarga birma-bir tanishtirildi. Shu o‘rinda bir qator faol yetakchilar ham galdagi rejalari, faoliyatlari davomidagi tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM