FERMERLARGA AMALIY YORDAM KO‘RSATILADI

Shu kunlarda qishloq xo‘jalik texnikalarini mavsumga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Tuman hokimi “Agrotexservis” MTP da bo‘lib, texnikalarni mavsumga hozirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. So‘ng tuman hududi bo‘ylab mahalliy o‘g‘it chiqarish, suv yo‘llarini tozalash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Kunning ikkinchi yarmida esa sektor rahbarlari hamrohligida qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari va fermerlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi.

Fermerlar tomonidan yirik suv yo‘llarini tozalash, kredit ajratilishida amaliy yordam so‘raldi. Ularning murojaatlari tegishli tartibda ro‘yxatga olindi. 

Qishloq xo‘jaligi mutasaddilari tomonidan tomchilatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fermerlarga takliflar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM