TUMAN BO‘YLAB SAYYOR QABULLAR BOSHLANDI

Bugun tuman hokimi to‘rtinchi sektor hududidagi Narpay mahallasida sektor rahbarlari hamda xalq qabulxonasi mudiri ishtirokida fuqarolar uchun qabul o‘tkazdi.

61-ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tgan qabulda fuqarolar tomonidan yo‘llar va tungi yoritgichlarni taʼmirlash, elektr taʼminotini yaxshilash, sog‘ligini tiklashda amaliy yordam masalalarida murojaatlar tushdi.

Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi. Suyultirilgan gaz ballonlarini vaqtida yetkazish yuzasidan qilingan murojaat ijrosi joyida hal etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM