SOLIQCHI – TADBIRKORGA KO‘MAKCHI

Tumanda yangi ish boshlagan tadbirkorlik subyektlariga dastlabki olti oy davomida "Soliq servis DUK" orqali buxgalteriya hisobotlariga ko‘maklashish, soliq imtiyozlaridan foydalanishda amaliy yordam berish va soliq rejimini faoliyat turi bo‘yicha tanlashga ko‘maklashish yo‘lga qo‘yilgan.

"Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi" tamoyilida olib borilayotgan ishlar ko‘lami keng, albatta. Masalan, hisobotlarni tayyorlash va topshirish, byudjet bilan munosabatlarni tartibga solish, elektron hisob-varaq fakturalarini yuritish, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari yetkazish ham shular jumlasidandir.

Shu bois tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari “Ezgu nur” MCHJda bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning soliq hujjatlarini yuritishda duch kelayotgan muammolarini yechishda amaliy yordam ko‘rsatdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM