TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Xalq deputatlari Narpay tuman Kengashining qirq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga dahldor korxona, tashkilot masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Bahodir Ahmedov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi raisi Sherzod Toshpo‘latov hamda Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Yo‘ldosh Norbekovlarning 2021-yil davomida fuqarolar huquqlari, erkinliklarini shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari, qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga doir olib borilgan ishlari yuzasidan axborotlari tinglandi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Narpay tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Mardon Xudoyqulov 2021-yildagi faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Shu kabi sessiyada tuman hokimining “Tuman hokimligining yangilangan boshqaruv apparati tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator qarorlari deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM