YОSHLAR BIZNES-FORUMI

Avval eʼlon qilganimizdek, bugun tuman davlat xizmatlari markazida "Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz" shiori ostida yoshlar biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi, tijorat banklari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

Biznes-forum qatnashchilari tadbirkorlik borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi. Shu kabi aksariyat ishbilarmonlarga faoliyati davomida duch kelayotgan muammolarini bartaraf etish yuzasidan mutasaddilar tomonidan maslahat va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar  tumandagi "Dedan" mahallasida tashkil etilayotgan yoshlar sanoat zonasida o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari mumkinligi haqida tushunchaga ham ega bo‘ldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM