“ARMIYA VA XALQ – BIR TANU BIR JONDIR”

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan tuman ichki ishlar bo‘limida "Armiya va xalq – bir tanu bir jondir" mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari A.Bobojonov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yoqilg‘i texnika vositalarini saqlash markaziy bazasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Atashev, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari B.Mamayevlar barchani Vatan himoyachilari kuni bilan qutladilar.

O‘quv-seminarda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy armiyamizning kuch-qudrati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yuzasidan so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM