HOKIM YORDAMCHILARI RASMAN ISH BOSHLADI

Tuman hokimligi apparat xodimlari va korxona, tashkilot rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tumanda 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar viloyat tashkiliy nazorat guruhi rahbari Bekzod Rahmatullayev hamda viloyat ijro nazorat bo‘limi rahbari Zafar Rahimovlar tomonidan muhokama etildi.

Shu kabi viloyat hokimining 2022 yil 11 yanvardagi farmoyishiga asosan, viloyatning 1120 ta mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari rasman tayinlandi.

Tumanda hokim yordamchilari lavozimiga tayinlangan kadrlar bilan kelgusi rejalar yuzasidan suhbat olib borildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM