"BIR MILLION DASTURCHI" IT- TANLOVI

Samarqand shahridagi 9-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida “Bir million dasturchi" IT-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov jarayonini viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamda masʼul tashkilotlar rahbarlari, shu kabi tuman hokimi o‘rinbosari Do‘stmurod Nosirov ham kuzatib bordi.

Viloyatimizning tuman (shahar)laridan 180 nafar 7-11-sinf  o‘quvchilari tanlovda ishtirok etdilar.

Quvonarli tomoni shundaki, ushbu tanlov natijalarga ko‘ra, tumanimizdagi 45-umumtaʼlim maktabi o‘quvchisi Sardor Najimiddinov “Full Stack veb dasturchi” yo‘nalishi bo‘yicha viloyatda ikkinchi o‘rinni egalladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM