EʼlON !

Samarqand viloyati Ichki ishlar organlarining Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi PROFILAKTIKA INSPEKTORI va Tergov boshqarmasi TERGOVCHISI (OFITSERLIK) lavozimlariga nomzodlar tanlovi eʼlon qilinadi!!!

Mazkur sohaga xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalari Samarqand viloyati IIBda 2022 yil06 yanvar kunidan 15 yanvar kuniga qadar, shu jumladan 15 yanvar kuni ham soat 09:00 dan 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Belgilangan vaqtdan so‘ng fuqarolardan arizalar qabul qilinishi to‘xtatiladi!!!

Xizmatga qabul qilish bo‘yicha qo‘yilgan talablar:

Profilaktika inspektori va tergovchi (ofitserlik) lavozimlariga, Samarqand viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turuvchi, yoshi 18 dan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan oliy maʼlumotga ega bo‘lishi bilan birga taʼlim yo‘nalishining HUQUQSHUNOS mutaxassisligiga ega bo‘lishi, harbiy xizmatni o‘tagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.

Nomzodlar o‘zlari bilan taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni (fuqarolik pasporti, diplom va ilova, harbiy guvohnomasi, mehnat daftarchasi (agar bo‘lsa) va hududiy poliklinikalardan sog‘lig‘i holati bo‘yicha berilgan tibbiy maʼlumotnoma F-086) aslini olib kelishlari shart.

Tanlovlar nomzodning xohishiga ko‘ra qoraqalpoq, rus va davlat tillarida o‘tkaziladi.

Murojaat uchun telefon (66) 223-59-41, (66) 223-57-57.

Samarqand viloyati IIB MMIvaKBTX.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM