SOBIQ JANGCHILARGA PREZIDENT SOVG‘ALARI YETKAZILDI

Tumani hokimi Sh. Rahmonov, markaziy harbiy okrug boshqaruv apparati vakili podpolkovnik F. Shukurov, tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Ahmedov va bir qator harbiy zobitlar Yangi yil bayrami oldidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldilar.

Tumanda ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining atigi uch nafari hayot. Ularni eʼzozlash, qadrlash burchimizdir. Ko‘kotalik  Ziyod bobo Bo‘ronov, Oqtosh shahrida yashovchi Ibrohim bobo Abdunazarov, Mustaqillik mahallasi fuqarosi Yusuf bobo Ro‘ziyevlarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni, dori-darmon uchun bir million so‘mlik sertifikat, oziq-ovqat mahsulotlari  va Prezident sovg‘alari yetkazildi. 

Tuman hokimi Yurtboshimizning sobiq jangchilar uchun yo‘llagan Yangi yil tabrigini o‘qib eshittirdi. Otaxonlar yurtga tinchlik, elga omonlik tilab duoga qo‘l ochdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM