“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR”

“Yoshlar forumi – 2021” doirasida bo‘lib o‘tgan “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi tuman madaniyat bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi hamda xalq taʼlimi bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

Sektorlar kesimida 16 ta maktab jamoalari orasida o‘tkazilgan bellashuvlar natijalariga ko‘ra, 21 hamda 31-umumtaʼlim maktablari jamoalari final bosqichiga yetib keldilar.

Qiziqarli bellashuvda 21-umumtaʼlim maktabining “Shov-shuv” jamoasi ustunlik qildi. G‘olib jamoa tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari hamda diplom bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM