ILM MASKANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGA AYLANDI

61-umumtaʼlim maktabida 662 nafar o‘quvchiga 56 nafar o‘qituvchi taʼlim-tarbiya  berib kelmoqda. Maktab binosi 2019 yilda  Obod qishloq dasturi asosida 2 milliard 800 million so‘m mablag‘ evaziga mukammal taʼmirlangan.

Gap shundaki, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab bu ilm dargohi informatika va axborot texnologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiga aylantirildi.

Ilm maskani 43 to‘plam zamonaviy kompyuter, 2 dona interaktiv doska, 3D printer va robototexnika uchun zarur vositalar bilan taʼminlandi.

Maktabning tantanali ochilish marosimida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Z. Shodiyeva, tumandagi sektorlar rahbarlari va masʼullar ishtirok etdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM