#Munosabat

2021 yil 8 dekabrda Hayot Samarqandiy kanalida 2014 yilda Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Narpay tumani Oqtosh dehqon bozori yangidan qurilishi rejalashtirilib, bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga tasdiqlangan loyiha asosida yerlar ajratilib, hokim tomonidan qaror qabul qilingani, lekin 6 yildan beri hokim qarori asosida tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobiga bunyod etilgan do‘konlarga kadastr hujjatlari qilib berilmayotgani haqida videolavha berilgan.

Ushbu videolavhani kuzatish davomida davlat soliq qumitasi huzuridagi kadastr agentligining davlat kadastrlar palatasi Samarqand viloyat boshqarmasining Narpay tumani filiali boshlig‘i tomonidan to‘liq munosabat bildirilgan. Shunga qaramay, filial rahbarining mavzuga munosabatini keltirib o‘tamiz.

Oqtosh dehqon bozorining rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi bosh rejasi va loyiha smeta hujjatlariga asosan, do‘konlar qurish uchun tuman hokimining qarori chiqarilgan. Ayrim mutasaddi tashkilot rahbarlarining loqaydligi tufayli obyekt bosh rejasi tuman hokimining yer ajratish to‘g‘risidagi qaroriga mos kelmagan. O‘sha paytda yer masalasida har ikki tomonda ham eʼtiroz bo‘lmagan.

Hozirgi kunda bu masala sud tartibida hal etilishi fuqarolarga tushuntirilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM