TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Xalq deputatlari Narpay tuman Kengashining 42-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiyada tuman hokimi Sherzod Rahmonovning Narpay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan 2021 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakunlari hamda 2022 yilgi vazifalar yuzasidan tuman aholisiga murojaati tinglandi.

Tuman hokimligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirga uzatilgan sessiyada deputatlar mavzuga oid savollar bilan murojaat qildilar. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi kelgusi rejalar, Obod qishloq dasturi, ichki yo‘llar taʼmiri, jinoyatchilikning oldini olishga oid  va boshqa bir qator savollarga barcha sektor rahbarlari to‘liq javob berishdi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM