KUTILAYOTGAN REYTING NATIJALARI MUHOKAMA ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi belgilangan.

Umumtaʼlim muassasalarining faoliyat samaradorligini belgilovchi 7 ta yo‘nalish mavjud. Bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari bo‘yicha tayyorgarligi va taʼlim sifati darajasi , o‘quvchilarning bilim darajasi ko‘rsatkichi, chet tillarini bilish darajasi ko‘rsatkichi, pedagoglarning sifat ko‘rsatkichi, o‘qituvchilarining chet tillarini bilish darajasi, ijtimoiy so‘rovnoma natijalari, maʼnaviy-maʼrifiy va o‘quv tarbiyaviy muhit shular jumlasidan.

O‘tgan o‘quv yili davomida tumandagi mavjud 70 ta umumtaʼlim maktablari reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash metodikasiga asosan 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik baholash mezoniga asosan maktablar reytingi aniqlanmoqda.

17-umumtaʼlim maktabida tuman hokimi, prokuror va maktablar masʼul rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda kutilayotgan reyting natijalari muhokama etildi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori o‘nlikdan o‘rin olishi kutilayotgan maktab rahbarlari yana-da faolroq bo‘lishga chaqirilib, oxirgi pog‘onada turgan ilm maskanlari masʼullariga taʼlim sifatini yaxshilash borasida tezkor chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan tavsiya va topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM