TUT O‘TINLIK UCHUN EMAS

Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi xodimlari navbatdagi kuzatuv reyd davomida Ipak yo‘li mahallasida yashovchi fuqaro Yu.A ning noqonuniy tarzda daraxt kesganligini aniqlashdi.

Huquqbuzar “Yo‘ldosh Toshnazar” fermer xo‘jaligi hududidan oqib o‘tuvchi xo‘jalik arig‘i yoqasidagi 4 tup tut daraxtini o‘tinlik uchun kesib olgan.

Fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari, yaʼni 1350000 so‘m jarima belgilandi. Shu kabi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblanib, undirish choralari ko‘rilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM