Seminar

ERTANGI HOSIL UCHUN BUGUNDAN HARAKAT QIL!

“Ro‘zimurod dehqon” fermer xo‘jaligi dalasida fermerlar va qishloq xo‘jaligi sohasiga aloqador tashkilotlar vakillari ishtirokida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Bunda suv yo‘llarini tozalash, sifatli shudgorlash, g‘alla maydonlarini o‘g‘itlash, dala boshida sharbat o‘ralari tashkil etish, shu kabi “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ko‘chat qadash ishlari namuna sifatida ko‘rsatildi.

Tuman hokimining o‘rinbosari Abduqahhor Tojiyev dala madaniyati, kelgusi yil hosili uchun bugun bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushuncha berdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM