“MORKENT” KO‘CHALARI RAVON BO‘LMOQDA

Tuman hokimining o‘rinbosari Turg‘un Ashurov Turon mahallasining Morkent qishlog‘ida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Ayni paytda bu yerda navbati bilan ichki yo‘llarga tosh to‘kilib tekislanmoqda.

Shu bilan bir qatorda tibbiyot xodimlari xonadonlarda bo‘lib, aholini tibbiy ko‘rik o‘tkazdi. Tuman sanitariya-epidemiologik markazi va jamoat salomatligi bo‘limi vakillari fuqarolar o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga rioya etish, tozalikni saqlash, obodonlashtirish ishlari yuzasidan targ‘ibot olib bordilar.

Bundan tashqari, almashtirish muddati yetib kelgan xonadon egalariga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM