TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Narpay tuman Kengashining qirq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Bekzod Orziqulov olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga daxldor korxona, tashkilot masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, kun tartibidagi birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 24-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisining 16-sonli bayonnomasi 7-bandi ijrosini taʼminlash yuzasidan Narpay tumani prokurori o‘rinbosari Otabek Qodirqulovning hisoboti tinglandi.

Shundan so‘ng tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Turg‘un Ashurov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish to‘g‘risida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

Sessiyada shu kabi Narpay tumani hokimining “Tuman hokimligining tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Deputat taklifiga binoan sessiya kun tartibiga qo‘shimcha masala ham kiritildi. Yaʼni “Xalq banki” va “Agrobank”ning Narpay tuman filiali masʼullarining tadbirkorlar tomonidan Bosh vazir qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bo‘yicha yuritgan faoliyati yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM