Diqqat, eʼlon!

“HOKIM KUBOGI” UCHUN MUSOBAQALAR BOSHLANDI

Yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida uyushmagan aholi o‘rtasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha "HOKIM KUBOGI" sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Musobaqalar dastlab, mahallalar, so‘ng sektorlar kesimida ikki bosqichda noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi. G‘olib jamoa va sportchilar hokimlikning qimmatbaho sovg‘alariga ega bo‘ladilar.

Musobaqalarda ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar, jamoalar quyidagi telefon raqamlari orqali tashkilotchilardan bellashuvlar vaqti va manzillari haqida to‘liq maʼlumotlar olishlari mumkin.

(+99897) 405-72-41.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM